Kitobim xizmatidan foydalanish qoidalari

1. “Kitobim xizmatidan foydalanish qoidalari” (quyida “Qoidalar” deb yuritiladi) foydalanuvchi va “AURUM IRIDIUM” MCHJ tomonidan tashkil etilgan www.kitobim.uz va www.kitobim.com veb-saytlari hamda Kitobim mobil ilovasi o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

2. Foydalanuvchi qoidalarga rozilik bergandagina Kitobim xizmati taqdim etiladi. Xizmatdan foydalanish orqali foydalanuvchi qoidalarga rozi ekanligini tasdiqlaydi. Istalgan jismoniy shaxs qoidalarga rozilik bildirgan holda Kitobim xizmatida electron pochta, telefon va ijtimoiy tarmoqlardagi hisobi orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

3. Qoidalar foydalanuvchi Kitobim xizmatida ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan to o‘z hisobini o‘chirib tashlaguniga qadar amal qiladi.

4. Foydalanuvchi Kitobim platformasidagi hisobini barcha turdagi onlayn to‘lov tizimlari orqali to‘ldirishi mumkin. To‘lovlar onlayn to‘lov xizmatini taqdim etuvchi uchinchi shaxslar orqali amalga oshiriladi. Onlayn to‘lov tizimlarining xatolari uchun Kitobim xizmati javobgar emas. Hisobdagi mablag‘ orqali pullik kitoblarni sotib olishi mumkin. Foydalanuvchi har bir kitobni hisobidagi mablag‘dan sotib olinishiga rozilik bildiradi. Kitobim xizmati foydalanuvchining bank kartalari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida saqlamaydi.

5. Foydalanuvchi o‘zi taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlar uchun javobgar hisoblanadi. Kitobim xizmati orqali ro‘yxatga olingan foydalanuvchiga tizimga kirish ma’lumotlari elektron pochta orqali yuboriladi. Foydalanuvchi nomi, parol, rasm va boshqa yuborilgan ma’lumotlarni oshkor etmaslik foydalanuvchining zimmasidadir.

6. Kitobim xizmatidagi elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

7. Kitobim xizmatidagi elektron manbalarni faqatgina Kitobim ilovasi va sayti orqali o‘qish mumkin. Kitobim xizmati tomonidan qo‘yilgan himoyani buzish orqali kitob matni va rasmnlaridan foydalanish taqiqlanadi.

8. Kitobim xizmatidagi kitob va nashrlarga tegishli, boshqa shaxslarga o‘tkazilmaydigan mualliflik va turdosh huquqlar hamda boshqa mulkiy va nomulkiy huquqlarning barchasi huquq egasida saqlanib qoladi.

9. Kitoblardagi faktlar va ularning mazmuni uchun mualliflar javobgardir. Shuningdek, foydalanuvchilar ham o‘zlari yozgan mulohazalar uchun mas’uldirlar.

10. Muallif yoki mutasaddi davlat idoralarining qonuniy talabiga ko‘ra, kitob yoki nashrlar o‘chirib tashlanishi mumkin.

11. Kitobim xizmatidan foydalanishda, foydalanuvchilar tomonidan kiritilayotgan mulohazalarda ushbular taqiqlanadi:

- Ma’lum kitob reytinggini sun’iy ravishda oshirish yoki tushirish;

- Fahsh, behayo va haqorat so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tish;

- Irqiy va diniy kamsitish;

- Terroristik, shaxvoniy va zararli, tahdidlovchi, haqoratlovchi, asabga teguvchi, qo‘pol, irqiy va etnik qarshilikni ifodalovchi, fitnaga sabab bo‘ladigan mulohazalar yozish, shunday saytlarga link berish.

Qoidalarni qasddan buzga foydalanuvchilar bloklanadi.

12. Ushbu qoidalarda nazarda tutilmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro huquq normalari doirasida tartibga solinadi. Ushbu qoidalarda nazarda tutilgan yoki u bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha nizolar, talablar yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda taraflar ularni muzokaralar yo‘li bilan hal etish choralarini ko‘radilar.