Maxfiylik siyosati

1. Foydalanuvchi Kitobim xizmatidan foydalanishdan avval “Kitobim xizmatidan foydalanish qoidalari” (quyida “Qoidalar” deb yuritiladi) bilan tanishib chiqishi kerak. Xizmatdan foydalanish orqali foydalanuvchi ushbu qoidalarga rozi ekanligini tasdiqlaydi. Qoidalarga o’zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

2. Qoidalarning maqsadi foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishdir. Foydalanuvchi tomonidan Kitobim ilovasi va saytiga xizmatni amalga oshirish uchun taqdim etilgan barcha ma‘lumotlar foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari sanaladi. Foydalanuvchi bu boradagi barcha savollar bilan info@kitobim.uz manziliga murojaat qilishi mumkin.

3. Shaxsiy ma’lumotlar Kitobim xizmatiga bevosita foydalanuvchi tomonidan elektron tarzda taqdim etiladi. Kitobim xizmati foydalanuvchi ruxsatisiz hech qanday ma’lumot ololmaydi.

4. Kitobim xizmatida keltirilgan tashqi ilova va manbalar havolasi bosilganda Kitobim xizmatidan xavfsizlik mas’uliyati soqit bo’ladi.

5. Foydalanuvchi taqdim etadigan shaxsiy ma’lumotlarga uning ismi, telefon raqami, elektron pochta manzili, IP-manzili va ijtimoiy tarmoqlardagi profili kiradi.

6. Shaxsiy ma’lumotlardan Kitobim xizmatini takomillashtirish hamda tavsiyaviy va reklama materiallarini tayyorlab, yuborish maqsadida foydalanilishi mumkin.

7. Foydalanuvchi tavsiyaviy va reklama materiallari xabarlarni rad etish huquqiga ega.

8. Kitobim xizmatidan foydalanish davomida amalga oshirilgan to‘lovlar va bank kartalari haqidagi ma’lumotlar bevosita tegishli xizmatlar orqali bajariladi. Bu ma’lumotlar Kitobim xizmati bazasida saqlanmaydi.

9. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro huquq normalari doirasida himoya qilinadi.

10. Foydalanuvchi Kitobim xizmatiga murojaat etib, o‘z ma’lumotlarini o‘chirtirish huquqiga ega.

11. Kitobim xizmatidan 14 yoshdan kichik bolalarning foydalanishi tavsiya qilinmaydi. Ularning ota-onalari va qonuniy vakillari xizmatni cheklash bo‘yicha Kitobim xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.

12. Kitobim xizmatida “cookie” texnologiyasidan foydalaniladi. “Cookie” fayllari Kitobim xizmati dasturi yoki tashqi dasturlar tomonidan yaratilishi va saqlanishi mumkin. Bunday fayllar xizmatning tez va samarali ishlashi uchun qo‘l keladi. Foydalanuvchi “cookie” sozlamalarini brauzerdan o‘chirib qo‘yishi mumkin.