Baxtli hayot sari

avg 5 /5
Authors: Ziyovuddin Rahim
Publisher: @ Ziyovuddin Rahim
Year: 2016
ISBN: 978-9943-383-74-6

Har bir inson farovon hayot kechirishni, oilasi tinch, ishlari unumli, sog‘lig‘i mustahkam bo‘lishini istaydi. Biroq bu narsa hammaga ham nasib etavermaydi. Chunki baxtga erishishning o‘z mezonlari bor. Qolaversa, baxtni pulga sotib olishning iloji yo‘q. Zero, baxt doim ham moddiyatga bog‘liq emas. Hayotda to‘kis baxtga erishgan insonlar juda ko‘p. Kimningdir sog‘lig‘i yaxshi bo‘lsa, ro‘zg‘or tebratishda, tirikchilikda muammolari bor. Yana kimningdir topish-tutishi yaxshi-yu, sog‘lig‘i yomon, oilasi notinch. To‘kis baxtga erishish uchun inson oldida qandaydir to‘siqlar, muammolar turadi. Ularni yechish uchun yetarli ilm, ko‘nikma, hayotiy tajriba talab etiladi. Qo‘lingizdagi «Baxtli hayot sari» kitobidan qalb xotirjamligi, oilaviy totuvlik, sog‘lik-salomatlik haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Jumladan, oila qurish arafasida turgan yoshlarga foydali maslahatlar berilgan, turmushda uchraydigan muammolarni hal etish, sog‘likni saqlash, kasalliklar oldini olish, moddiy, ruhiy illatlarni davolash borasida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilgan. Ushbu kitob hayot mohiyatini teranroq anglashda, haqiqiy baxtga erishishda sizga yaqin ko‘makchi bo‘ladi, degan umiddamiz.


Ushbu kitob kirill yozuvida:
Бахтли ҳаёт сари
You rated this book