Agar jannat ko‘kda bo‘lsa...

avg - /5
Authors: Iqbol Mirzo
Publisher: “Sharq” NMAK Bosh tahririyati
Year: 2011
ISBN:

Agar jannat ko‘kda bo‘lsa, ostidadir O‘zbekiston, Agar jannat yerda bo‘lsa, ustidadir O‘zbekiston! Aziz kitobxon! Siz yuqoridagi satrlar jo bo‘lgan mashhur qo‘shiqni ko‘p eshitgansiz, o‘zingiz ham yurak-yurakdan qo‘shilib kuylagan bo‘lsangiz ajab emas. Ushbu yoniq satrlar muallifi, istiqlol kuychisi Iqbol Mirzoning asosan keyingi yillarda yozgan she’rlari qo‘lingizdagi mo‘‘jaz to‘plamga jamlangan. Shoir so‘nggi yillarda yurtimizda ro‘y bergan ulkan yangilanish jarayonlarida shunchaki kuzatuvchi bo‘lib emas, balki faol ishtirokchi sifatida qatnashib kelmoqda. Qalbini to‘lqinlantirgan hodisalarni, qadimiy shaharlarimizda o‘tkazilayotgan olamshumul sana-to‘ylar taassurotini, bir so‘z bilan aytganda, Ona Yurtga bo‘lgan cheksiz muhabbatini o‘zining samimiy, tiniq misralari orqali ifodalagan. Muhimi, bu she’rlarda Vatan tuyg‘usi, faxr-iftixor hissi yangicha bo‘yoqlarda, ohorli ohanglarda, san’atkorona mohirlik bilan aks ettirilganki, bu hol o‘quvchini hayajonlantirmay qo‘ymaydi. Qadrli she’rxon, mazkur to‘plamni varaqlay boshlagan ekansiz, sevimli shoiringiz bilan yangi diydorlashuv muborak bo‘lsin, deymiz.

You rated this book