Burungi bolalar

avg - /5
Authors: Abdurahmon Ibrohimov
Publisher: Akademnashr
Year: 2016
ISBN: 978-9943-995-55-0

Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr qil deydi xalqimiz. Har bir katta-kichik asarning dunyoga kelishida ham shu mazmun, shu mohiyat yotadi desak yanglishmaymiz. Abdurahmon Ibrohimovning ilk yirik asari – «Burungi bolalar» ham hozirgi tinch, osuda, hur zamonda bolalik nashidasini surib, yuksak marralar sari intilayotgan yoshlarimizning ibrat olishlari, mus­taqil, erkin hayot qadriga yetishlari, shukronalik hissini tuyushlari uchun bir turtki bo‘lsa ajab emas. Asarda o‘tgan asrning so‘nggi choragi – mustabid tuzum ich-ichidan yemirila boshlagan paytlar qalamga olingan. Muallif o‘sha zamon ijtimoiy hayotidagi adolatsizliklarni o‘quvchi va o‘qituvchi, oila va maktab, kattalar va bolalar orasidagi munosabatlar orqali ochib berishga intilgan. Ushbu asar zamonamiz yoshlarini ham, bolaligi romanda tas­virlangan paytlarda o‘tgan yoshi katta kitobxonlarni ham befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.


Ushbu kitob kirill yozuvida:
Бурунги болалар
You rated this book