Derazadagi nur

avg - /5
Authors: Abdurahmon Ibrohimov
Publisher: “DAVR PRESS” NMU
Year: 2014
ISBN: 978-9943-4314-6-1

Ushbu to‘plamga muallifning maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlar hayotini aks ettirgan hikoyalari kiritilgan. Bo­lalarning o‘yinqaroqlik orqasida ba’zan kulgili, ba’zan qiyin va achinarli vaziyatlarga tushib qolishlari yengil yumorga yo‘g‘rilgan holda tasvirlanadi. Oqibatini o‘ylamay qilgan qilmishlari natijasida ko‘zlarining ochilishi, hayot, dunyo, jamiyat haqidagi tasavvurlarining boyishi, yaxshilik va yomonlik, do‘stlik va adovat, muhabbat va nafrat ka­bi bo­qiy tushunchalarni asta-sekin kashf eta borishlari, xarak­ter­larining shakllanish jarayonlarini oddiy hayotiy voqealar yordamida ko‘rsatib berishga harakat qilingan. Hikoya qahramonlarining boshidan kechirganlari, hozirgi o‘smir-yoshlar uchun hayotni to‘la anglashlarida ozroq bo‘l­sa-da o‘git-nasihat vazifasini o‘tasa, ajab emas. Bu kitob katta hayotga kirib kelayotgan o‘smirlarga, shu bilan birga shunday paytlarni boshidan kechirgan burungi bolalar — hozirgi kattalarga ham manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

You rated this book