Bolalik

avg - /5
Authors: Oybek
Publisher: “Sharq” NMAK Bosh tahririyati
Year: 2014
ISBN: 978-9943-26-010-8

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek o‘tgan asrimizning ulkan adiblaridandir. Uning «Alisher Navoiy», «Qutlug‘ qon», «Quyosh qoraymas», «Oltin vodiydan shabadalar» kabi romanlari «Bolalik», «Nur qidirib», «Alisherning bolaligi» kabi qissalari, she’r va dostonlari — jami 19 tomlik mukammal asarlari bizga meros bo‘lib qoldi. «Bolalik» qissasi bir necha bor nashr etilgan va turli avlodlarning ko‘ngil mulkiga aylangan. Uni yangi asrimizning yosh avlodlari o‘qir ekanlar, bundan yuz yil muqaddam bobolarining bolaligi qanday kechganligini bilib oladilar va bugungi chin ma’nodagi hurlik, mustaqillikning qadriga yetadilar. Kitob asarlar to‘plamining XI jildidan olindi.

You rated this book