Men jurnalistman

avg 5 /5
Authors: Nusrat Rahmat
Year: 2002
ISBN:

Qo‘lingizdagi kitobning birinchi nashri 1987 yil-da “Men redaktsiyadanman” nomi bilan chop etilgandi va maqtanish emas-u, anchayin qo‘lma-qo‘l bo‘lib o‘qilgandi. Yillar o‘tib, bugunning (2003 yil) ko‘zoynagi bilan qarasam, ibratomuz voqealar, ashraf insonlar, sururli sarguzashtlar bilan birga, sotsialistik realizmni ham anchayin qalashtirgan ekanman. Zero, mustaqillik borliqqa tiniqroq ko‘zoynak bilan qarashni, jadidona raftorni taqozo etadi. Asarni qayta ishlashda bu evrilish va eminliklarga e’tibor bermasdan ilojim yo‘q edi. Aslini olganda, bunaqa esdalik asar nafaqaga chiqib olgandan ke-yin va munkayib borgan sari yoziladi. Boisi: umr nihoyasida nasl yoki me’ros qoldirish tabiat va jamiyatning barhayot qonunidir. Lekin, nechun endi sarguzashtlarni (agar u kimlar uchundir ibratli bo‘lsa) qog‘ozga tushirish umidida keksalikni kutish kerak?! Tabarruk yoshlarga yetish nasib etsa yaxshi, ammo olam ham tasodiflarga to‘la. Shuning uchun ham uni qirq yoshlar atrofida yozganman. Bugun - oltmish yoshning eshigini qoqayotganimda, qayta nashr ettirgim keldi.

You rated this book