Qutlibeka Rahimboyeva

Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1952-yil, 9-fevral
Tug‘ilgan sanasi: 1952-yil, 9-fevral
Tarjimai hol
Qutlibeka Rahimboyeva 1952-yil 9-fevralda Turkmaniston Respublikasiga qarashli Toshhovuz shahrida tug‘ilgan. O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1994). Farg‘ona pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan (1974). Dastlabki she’riy to‘plami — «Yuragimda ko‘rganlarim» (1981). Shundan so‘ng shoiraning «Uzun kunduzlar» (1984), «Uyg‘onish fasli» (1989), «Ozodlik», «Ko‘ksimdagi Tangritog‘» kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. «Tohirning Zuhrosi» nomli dramatik asar ham yozgan. L. Ukrainka, M. Svetaeva kabi shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. «Shuhrat» medali sohibasi (1999).