Omon Muxtor


Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1941-yil, 16-iyul
Vafot etgan sanasi: 2013-yil, 10-may
Tarjimai hol

Omon Muxtor (Muxtorov Omon Sulaymonovich) 1941-yil 16-iyulda Buxoroda tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1991). ToshDU filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini tugatgan (1964). «Chorlar quyoshli yo‘llar» (1966), «Ohang» (1974), «Yog‘du» (1979), «Marvarid» (1985), «Shiddat» (1990) she’riy to‘plamlar, «Nigoh» (1968), «Qushlar va tushlar» (1971), «Shaharlik kelinchak» (1973), «Hayot darvozasi» (1978), «Bolalikka sayohat» (1984), «Vazifa» (1988), «O‘lmagan jon» (1995) kabi nasriy asarlar muallifi. «Yillar shamoli» (1976), «Egilgan bosh» (1989), «Ayollar mamlakati va saltanati», «Ffu» (1997), «Aflotun» (1998), «To‘rt tomon qibla» (trilogiya, 2001) kabi zamonaviy va tarixiy mavzulardagi romanlari ham bor. Pesalari Xorazm teatrida sahnalashtirilgan («Bosh masala» va boshqa). O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (2009), «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997). 2013-yil 10-may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.


Barcha kitoblar (1)