Nusrat Rahmat


Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1941-yil, 3-iyul

Tarjimai hol

Publitsist, yozuvchi va jurnalist Nusrat Rahmat 1941-yilning 3-iyul kuni Samarqand tumanidagi Qo‘shmachit qishlog‘ida tug‘ilgan. 
“Lenin yo‘li” gazetasida ishlagan, “Qishloq haqiqati” gazetasining Samarqand, Buxoro viloyatlari buyicha muxbiri bo‘lgan. Keyin Toshkentga ko‘chib “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “ Mehnat” nashriyoti, O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasida xizmat qilgan.
“Agar tabiatni sevsangiz” degan ilk kitobchasi 1975 yili nashr etildi. Keyin “Chanqovuz”, “Olis-olis so‘qmoqlar”, “Dasht”, “Zamondosh o‘ylari”, “ Selektsiya mu’jizasi”, “So‘qmoqlar va saboqlar” singari yigirmadan ko‘proq hikoya va ocherklardan iborat kitob va kitobchalari bosilgan.
“Taqdimot” she’rlar, “Fojia” deb nomlangan hikoyalar to‘plami, shuningdek, “Men muxbirman”, “Men redaksiyadanman”, “Eng ashaddiy kallakesar“, “Asqad Muxtor dedilar” singari kitoblari; gazeta, jurnal va Internet saytlarida yuzdan ortiq maqolalari chop etilgan.
U 2004 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvonini olgan.


Barcha kitoblar (3)