Komil Xorazmiy


Mamlakat:
Tug‘ilgan sanasi: -yil

Tarjimai hol

Muhammadniyoz Komil 1825 yili Xivada tug‘ildi. Otasi Abdulla oxund madrasada mudarrislik qilgan. Muhammadniyozga pahlavon laqabi bolalik chog‘ida erkalatib emas, balki navqiron yigit yoshlarida jang maydonlarida ko‘rsatgan ajoyib jasoratlari e’tirofi sifatida berilgan. Komilning chindan ham namuna bo‘larli jasoratlar ko‘rsatgan, o‘ta tadbirkor sarbozboshi bo‘lganligi haqidagi Muhammad Yusuf Bayoniy ma’lumotlari buni tasdikdaydi. «Shajarayi Xorazmshohiy»da yozilishicha, Xiva xonining dushmani bo‘lmish yovmitlarning zabardast pahlavoni va usta mergani Qoraboloq nomli sarkardaga hech kim bas kela olmay turgan tang bir vaziyatda Komil o‘z qudrati, jasorati va tadbirkorligi bilan uni yengib, orqaga qaytishga majbur qiladi va Matmurod devonbegining marhamatiga sazovor bo‘ladi.
Komil dastlab eski maktabda, so‘ngra Xiva madrasalaridan birida ta’lim oladi. Otasi vafotidan so‘ng iktisodiy tanglik vajidan o‘kishni birmuncha vaqtga kechiktirib, savdogar bobosi Xo‘jash mahram xizmatida qoyim turadi va keyinroq uning moddiy yordami bilan tahsilni nihoyasiga yetkazadi.


Barcha kitoblar (1)