Alisher Navoiy


Mamlakat: O‘zbekiston, Afg‘oniston
Tug‘ilgan sanasi: 1441-yil, 9-fevral
Vafot etgan sanasi: 1501-yil, 3-yanvar
Tarjimai hol

Alisher Navoiy (1441, 9 fevral - 1501, 3 yanvar) ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan. G‘arbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda «nizomi millati va d-din» (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi. Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan.

Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uygʻongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan.

Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi.

Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.

Oʻzbek olimlari O. Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Ya. Gʻulomov, I.Sulton. A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.Gʻanieva v.b. Navoiyning hayot yoʻli haqida asarlar yaratishgan.


Barcha kitoblar (59)


Арбаъин
Бадеъ ул-бидоя
Бадоеъ ул-васат (Хазоин ул-маъоний)
Фарҳод ва Ширин (Хамса)
Фавойид ул-кибар (Хазоин ул-маъоний)
Ғаройиб ус-сиғар (Хазоин ул-маъоний)
Ҳайрат ул-аброр (Хамса)
Ҳолоти Паҳлавон Муҳаммад
Ҳолоти Саййид Ҳасан Ардашер
Лисон ут-тайр
Лайли ва Мажнун (Хамса)
Маҳбуб ул-қулуб
Мажолис ун-нафоис
Мезон ул-авзон
Муҳокамат ул-луғатайн
Муножот
Муншаот
Насойим ул-муҳаббат
Наводир ун-ниҳоя
Наводир уш-шабоб (Хазоин ул-маъоний)
Назм ул-жавоҳир
Рисолаи тийр андохтан
Сабъаи Сайёр (Хамса)
Садди Искандарий
Тарихи анбиё ва ҳукамо
Тарихи мулуки ажам
Вақфия
Хамсат ул-мутаҳаййирин
Ҳикматлар
Афоризмы (на русском, узбекском, английском, немецком, французском языках)
Муҳокамату-л-­лу­ғатайн (Қ.Содиқов таҳлили, табдили)
Arbaʼin (40 hadis)
Badoyeul-bidoya
Badoyeu-vasat (Xazoinul maoniy)
Farhod va Shirin
Favoidul-kibar (Xazoinul maoniy)
Gʻaroyibus-sigʻar (Xazoinul maoniy)
Hayratul-abror
Holoti Pahlavon Muhammad
Holoti Sayyid Hasan Ardasher
Layli va Majnun
Lisonut-tayr
Mahbubul-qulub
Majolisun-nafois
Mezonul-avzon
Muhokamatul-lugʻatayn
Munojot
Munshaot
Nasoyimul-muhabbat
Navodirun-nihoya
Navodirush-shabob (Xazoinul maoniy)
Risolai tiyr andoxtan
Nazmul-javohir
Sabʼai sayyor
Saddi Iskandariy
Tarixi anbiyo va hukamo
Tarixi muluki ajam
Vaqfiya
Xamsatul-mutahayyirin