Muxtor Shoxonov


Mamlakat: Qozog‘iston
Tug‘ilgan sanasi: 1942-yil, 2-iyul

Tarjimai hol

Muxtor Shoxonov Chimkent viloyati, Lenger tumani Qashqasuv qishlog‘ida tavallud topgan. Yetti yillik maktabni tamomlagach, “Yulduz” kolxozida traktorchiga yordamchi, keyin viloyat gazetasida adabiy xodim, Qozog‘iston radiosida katta muharrir, Bosh muharrir bo‘lib ishladi.

Chimkent Davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Keyinchalik “Jalыn” jurnalida Bosh muharrir, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi boshqarmasida kotib vazifalarida faoliyat ko‘rsatdi.

Mustaqillik yillarida Qozog‘istonning Qirg‘izistondagi elchisi lavozimida xizmat qildi. Qozog‘iston halq shoiri. Uning she’riy va dramatik asarlari el orasida katta shuhrat qozongan.


Barcha kitoblar (1)