Odilxon Yunusxon o‘g‘li


Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1977-yil, 18-may

Tarjimai hol

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li 1977-yil 18-mayda Namangan shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. 1993-1994-yillarda Namangan Davlat Universiteti qoshidagi arab tili tarjimonligi kursida tahsil olgan.
Ilk diniy saboqni oilada otasi Yunusxon qoridan oladi va 1997 yilda Qur’oni karimni to‘liq yodlab, xatmona o‘taydi.
1998-1999-yillarda Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi “Hazrati Umar” jome’ masjidida imom - xatib, 1999-2000-yillarda Shayxontohur tumanidagi “Shayx Zayniddin” jome’ masjidida imom noibi vazifasida ishlagan.
2002-yilda “Imom al-Buxoriy” nomli Toshkent Islom Institutini tamomlagan.
2000-2011-yillarda Shayxontohur tumanidagi “Firdavs” jome’ masjidida imom-xatib vazifasida xizmat qilgan.


Barcha kitoblar (6)