Ulug‘bek Hamdam


Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1968-yil, 24-aprel

Tarjimai hol

Ulug‘bek Hamdam (Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich) 1968-yil, 24-aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanida tug‘ilgan. 1988-1993-yillarda ToshDU ning o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 1992-93-yillarda esa davlatimiz tashabbusi bilan o‘qishga yuborilgan talabalar safida Turkiyaning Ko‘nyo shahrida taxsilni davom ettirgan. 1993-1994-yillarda Sharqshunoslik institutida turk tilidan dars bergan. 1994-1996-yillarda Hozirgi Milliy Universitet o‘zbek filologiyasi fakultetining kunduzgi aspiranturasini o‘qigan.

1997-yilda “30-yillar o‘zbek she’riyatida «sof lirika” muammosi» (Oybek she’rlari misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ilmiy rahbari — filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov. Hozirda “XX asr o‘zbek she’riyati badiiy tafakkur tadrijining ijtimoiy-psixologik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. Ilmiy maslahatchi — filologiya fanlari doktori, professor Naim Karimov. 1997-2009-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va Adabiyot institutida katta ilmiy xodim.

“Tangriga eltguvchi isyon” (2002), “Atirgul” (2006), “Seni kutdim” (2007) she’riy hamda “Yolg‘izlik” (2000), “Muvozanat” (2003), “Isyon va itoat” (2004), “Sabo va Samandar”, “Uzoqdagi Dilnura” (2010) kabi nasriy asarlari nashr etilgan. Ilmiy asarlar to‘plami ham bor (“Badiiy tafakkur tadriji”, 2003; “Yangilanish ehtiyoji”, 2007).U. Hamdam J. Rumiyning “Ichindagi ichindadir” (2001) va professor U. Turonning “Turkiy xalqlar mafkurasi tarixi” nomli asarlarini turk tilidan o‘girgan.


Barcha kitoblar (2)