Xo‘roz Abdusalomov


Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1956-yil

Tarjimai hol

Xo‘roz Abdusalomov 1956-yilda Samarqand viloyatida ziyoli oilasida tug‘ildi. Maktab ta’limidan so‘ng harbiy xizmatni o‘tadi. Toshkent Davlat universitetining yuridik fakultetida tahsil olgandan so‘ng u huquqshunoslik sohasida uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatdi. Xizmat taqozosi, qolaversa, jinoyat ishini ochish bilan bog‘liq masalalar, inson taqdirining chigal muammolari yechimi Xo‘roz Abdusalomovning qo‘liga qalam tutqazdi. Uning «Haqiqat», «Qo‘lga tushmas qasoskor», «O‘rgimchak to‘ri», «Xususiy detektiv», «So‘nggi nuqta», «Qalbaki pullar», «To‘rtinchi granata», «Qotillikning qora tarixi» kabi asarlari allaqachon o‘quvchilar qo‘liga yetib borgan.
Shuningdek, muallifning yetmishdan ortiq hikoyalari va bir nechta she’riy to‘plamlari, maqolalari, iqtisod sohasi bo‘yicha yaratgan ilmiy-amaliy qo‘llanmalari chop etilgan.
Xo‘roz Abdusalomov stsenariysi asosida «Iztirob» nomli videofilm suratga olingan.


Barcha kitoblar (2)