No‘mon Rahimjonov

Tug‘ilgan sanasi: 1945-yil
Tarjimai hol
1945-yili Toshkent viloyatining Qibray tumani Yalang‘och ota qishlog‘ida tug‘ilgan. «Lirik poema» mavzuida nomzodlik (1975), «O‘zbek she’riyatining taraqqiyot tendentsiyalari» mavzuida doktorlik (1989) dissertatsiyalarini yoqlagan. Filologiya fanlari doktori, professor. «Davr va o‘zbek lirikasi» (1979), «Shoir va davr» (1982), «XX asr o‘zbek poemasining taraqqiyot jarayoni» (1990), «Asqad Muxtor poetikasi» (2003), «Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati» (2007), «Badiiy asar biografiyasi» (2008), «Istiqlol va bugungi adabiyot» (2012) monografiyalari, «Nur - boqiylikdur» (2004), «Qodiriyshunoslik qirralari» (2015) esselari, «Jimjit jolalar» (2015) qissasi, «Falsafiy lirika», «Ilmiy tafakkur jilolari» va boshqa risolalari nashrdan chiqqan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi.