Azamatjon Rahimov


Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1985-yil, 25-fevral

Tarjimai hol

1985-yil 25-fevralda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug'ilgan. 2001-yil Respublika olimpiadasi g'olibi sifatida O'zMU o'zbek filologiyasi fakultetiga imtihonsiz o'qishga qabul qilingan.
2002-yil Yaponiyaning «Sumitomo» korporatsiyasi granti sohibi, 2004-yil Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori, 2010-yil «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan ilk marotaba ta'sis etilgan «Yosh olimlar uchun stipendiya» tanlovi g'olibi bo'lgan.
2005-2007 yillarda O'zMUda magistraturani tamomlab, Andijon davlat universitetiga aspirantu-raga qabul qilingan. 2009-yil nomzodlik dissertatsiya-sini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari, Usmonjon Rahimov bilan hammualliflikda yozgan «lngliz tili grammatikasi jadvallarda» («English grammar in tables») nomli o'quv-uslubiy qo'llanmasi mavjud.
Hozirda Andijon davlat universiteti o'zbek filologiyasi fakulteti tilshunoslik kafedrasida katta o'qituvchi vazifasida ishlab kelmoqda.


Barcha kitoblar (1)