Piter Benchli


Mamlakat: AQSH
Tug‘ilgan sanasi: 1940-yil, 8-may
Vafot etgan sanasi: 2006-yil, 11-fevral
Tarjimai hol

1940-yili Nyu-Yorkda tug‘ilib, 2006-yilda vafot etgan amerikalik jurnalist Piter Bredford Benchli o‘zining “Ajal komi” (“JAWS”, ruschasi “Chelyusti” deb tarjima qilingan va “Inostrannaya literatura” jurnalining 1984 yil avgust sonida chop etilgan) sarguzasht asari bilan dunyoga dovruq soldi. 1974 yilda yozilib, eng xaridorgir kitob deb topilgan ushbu roman asosida ishlangan dahshatli film bir yil o‘tgach, ekranga chiqdi va millionlarcha muxlislar e’tiborini jalb qildi.
Umrining so‘nggi o‘n yilligi davomida Benchli dengiz va uning jonivorlari haqida bir qator hujjatli filmlar uchun ssenariylar ham yozdi. U odamlar “dengizning nafaqat go‘zal, balki sirli va hukmron xilqat” ekanligini anglashlarini istardi.
Benchli atrof muhitni himoyalash Milliy kengashi (National Council of Environmental Defense) a’zosi va uning ummonga oid dasturlari vakili bo‘lib hisoblanar edi.


Barcha kitoblar (1)