Shukur Qurbon


Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1951-yil

Tarjimai hol

Shukur Qurbon (Olimjon o‘g‘li) 1951-yilda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Hozirgi O‘zMU ning filologiya fakultetini bitirib (1968—73), «Sharq yudduzi» jurnali tahririyatida ish faoliyatini boshlagan. Shundan keyin O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bo‘limida, O‘zbekiston teleradiokompaniyasida, «Sog‘lom avlod uchun» jurnali muharririyatida xizmat qilgan. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotining bo‘lim mudiri.
Ilk she’rlari Uzbekistan Qahramoni, atoqli adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov nazariga tushgan, ustoz unga «Oq yo‘l» tilagan.
Shoir bitiklari darslik va qo‘llanmalardan o‘rin olgan. O‘zbekiston radiosi «Oltin fondi»da uning radiopostanovka va yuzga yaqin qo‘shiqlari saqlanmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi asarlari uchun 1989 yilda shoir Movarounnahr musulmonlari diniy boshqarmasi mukofoti sohibi.


Barcha kitoblar (2)