Redyard Kipling

Tug‘ilgan sanasi: 1965-yil, 30-dekabr
Vafot etgan sanasi: 1936-yil, 18-yanvar
Tarjimai hol
Kipling Jozef Redyard (1865.30.12, Bombey - 1936.18.1, London) — ingliz yozuvchisi. Yoshligi Hindistonda o‘tgan. “Mahkama qo‘shiqlari” (1886) she’riy to‘plami, “Tog‘ hikoyalari” (1888) va “Uch soldat” (1888) novellalari, “Nur so‘ndi” (1890), “Kim” (1901) romanlarida Britaniya harbiy kuchlari, ingliz-sakson “sivilizatsiya”si madh etilgan. “Kazarma qo‘shiqlari” (1892), “Yetti dengiz” (1896), “Besh millat” (1903) she’riy to‘plamlarida oddiy kishilar hayoti va fidoyiliklari tasvirlangan. Qo‘shiqlari xalq og‘zaki ijodi uslubiga yaqin.
Bolalar haqidagi “Dovyurak dengiz sayyohlari” (1897), “Shunchaki ertaklar” (1902) qissalari, Maugli sarguzashtlariga bag‘ishlangan “Jungli kitobi” (1-kitob, 1894; 2-kitob, 1895) keng tarqalgan. “Rikki-Tikki-Tavi” (1964), “Maugli” (1974) va b. asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Kipling asarlari asosida bolalar uchun multfilmlar yaratilgan. Nobel mukofoti laureati (1907).