Iroda Umarova


Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1987-yil

Tarjimai hol

Umarova Iroda Ergash qizi. 1987-yil Jizzax viloyati, Forish tumani, Garasha qishlog‘ida istiqomat qiluvchi ziyoli oilada tavallud topgan.
2006-2010-yillarda Nizomiy nomidagi TDPUda tahsil olgan. 2004 yildan buyon «Bekajon» gazetasida  faoliyat yuritib kelmoqda.
Nazm va nasrda ijod qiladi. «Bahor visoli» (2006), «Uchinchi dunyo» (2008) nomli she’riy, «Egasiz sog‘inch» (2008), «Siz uchun» (2009) nomli nasriy kitoblari nashr etilgan.  «Jizzax ifori», «Mahorat maktabi», «Yoshlar kitobi – 2008» to‘plamlariga ijodidan namunalar kiritilgan. «Sevgi fasli» - Ozarbayjonda nashr etilgan turkiy shoirlar bayozida she’rlari berilgan (2010).
Viloyat va respublika miqyosidagi bir qancha tanlovlar sovrindori. «Erudit IM»ning ta’lim granti, «Zomin-2007»ning oliy o‘rin sohibasi.


Barcha kitoblar (3)