Sirojiddin Sayyid


Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1958-yil, 30-oktabr

Tarjimai hol

Sirojiddin Sayyid 1958-yil, 30-oktyabrda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi Kundajuvoz qishlog‘ida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (2006). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1979). Ilk she’rlar to‘plami — «Ruhim xaritasi» (1985). Shundan keyin uning «Salqin xarsanglar kaftida» (1987), «Sevgi mamlakati» (1989), «Asragil», «Mehr qolur, muhabbat qolur» (1990), «Kuydim» (1994), «Vatanni o‘rganish» (1996), «Vatan abadiy» (2001), «Ustimizdan o‘tgan oylar» (2003) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. A. Voznesenskiyning «Mangu rizq» (1990) asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan (1999).


Barcha kitoblar (1)