Lyuis Kerroll


Mamlakat: Buyuk Britaniya
Tug‘ilgan sanasi: 1832-yil, 27-yanvar
Vafot etgan sanasi: 1898-yil, 14-yanvar
Tarjimai hol

Lyuis Kerroll (Lewis Carroll, haqiqiy ismi Charlz Lyutvij Dojson, Charles Lutwidge Dodgson; 1832—1898) — ingliz yozuvchisi, matematik, mantiqshunos, faylasuf va fotograf. 
Lyuis Kerroll 1832-yilning 27-yanvarida Cheshir grafligida ruhoniy oilasida tug‘ildi. 1851-yili Oksfordga ko‘chib, Oksford universiteti qoshidagi Christ Church kollejiga kirdi. 
Kollejda o‘qib yurgan kezlari ijodni boshlagan Lyuis Kerroll kichik hikoyalar va she’rlar yozib turli nashrlarda chop ettirdi.
Uning — «Alisa mo‘‘jizalar mamlakatida» (1864), «Alisa oyna ortida» asarlari hamda «Snarkni ovlash» hajviy dostoni, «Brunoning qasosi» (1867), «Evklid» (1881), «Mantiqiy o‘yin» (1887), «Silvi va Bruno»  (1889), «Timsoliy mantiq» (1890) kitoblari mashhurdir.
U 1898-yil 14-yanvarda Surrey grafligida vafot etdi.
Lyuis Kerrolning «Alisa mo‘‘jizalar mamlakatida» asari 1951, 1972, 1981, 1982, 1986, 1999 yillari ekranlashtirilgan.


Barcha kitoblar (3)