Bahodir Umurzoqov


Mamlakat: Oʻzbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1951-yil, 25-yanvar

Tarjimai hol

1951-yil 25-yanvarda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1968-yili “O‘zbekselmash” zavodida frezerchi, keyin ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) talabasi, Tibbiyot akademiyasida o‘qituvchi, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining iqtisod masalalari bo‘yicha vazir muovini, O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vaziri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi.

Hozirgi paytda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filiali direktor muovini lavozimida mehnat qilib kelmoqda. Iqtisod fanlari doktori, professor, Xalqaro mehnat va aholi bandligi akademiyasining akademigi. Shaxmat va boks bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sport ustasi. Uch farzandi va 6 nevarasi bor.


Barcha kitoblar (1)