Abdusodiq Irisov


Mamlakat: Oʻzbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1928-yil, 20-fevral

Tarjimai hol

Filologiya fanlari nomzodi Abdusodiq Irisov 1928 yil 20 fevralda Toshkentda tug‘ilgan. 1946-1951 yillarda O‘rta Osiyo davlat universiteti (Hozirgi ToshDU) sharq fakultetining xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi bo‘limida o‘qigan.

1952-1962 yillarda «G‘uncha» jurnalida mas’ul kotib va bosh muharrir vazifalarida ishlagan. 1960 yildan O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida dastlab kichik ilmiy xodim, so‘ng katta ilmiy xodim bo‘lib xizmat ko‘rsatgan.

«Ibn Sinoning «Salomon va Ibsol» qissasi mavzusida nomzodlik yoqlagan. Xalqaro anjumanlarda bir qator mavzularda ma’ruza o‘qigan. U o‘z ilmiy faoliyati davrida 50 dan ortiq kitob va risolalar yozgan. Uning 300 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalari chop qilingan.


Barcha kitoblar (1)