Mich Elbom


Mamlakat: AQSH
Tug‘ilgan sanasi: 1958-yil, 23-may

Tarjimai hol

Mich Elbom (toʻliq ismi – Mitchel Devid Elbom) – AQSHlik jurnalist, yozuvchi, kinodramaturg, musiqachi va suxandon. 1958-yil, 23-may kuni AQSHning Nyu-Jersey shtatida tugʻilgan. “Morrining seshanba darslari”, “Siz Jannatda uchratuvchi besh inson”, “Yana bir kunga”, “Jannatdan dastlabki qoʻngʻiroq” va boshqa bir qancha kitoblar muallifi. Kitoblari dunyo boʻylab 39 milliondan ortiq nusxada sotilgan.

Uning eng mashhur kitoblaridan biri boʻlmish “Morrining seshanba darslari” hozirda 45 tilga tarjima qilingan va oliygohlar darslari, mustaqil oʻqish va turli seminarlarda foydalaniladi.


Barcha kitoblar (2)