Viktor Gyugo


Mamlakat: Fransiya
Tug‘ilgan sanasi: 1802-yil, 26-fevral
Vafot etgan sanasi: 1885-yil, 22-may
Tarjimai hol

Viktor Mari Gyugo (1802.26.2, Bezanson — 1885.22.5, Parij) — fransuz adibi, romantizmning yirik namoyandasi. Dastlabki asari — “Qasidalar” (1821) sheʼrlar toʻplami monarxiya gʻoyalari taʼsirida boʻlib, 20-yillarning 2-yarmidan demokratik qarashlari mustahkamlana borgan. Isyonkorlik ruhi bilan sugʻorilgan “Kromvel” (1827), “Sharq motivlari” (1829), “Marion Delorm” (1829), “Ernani” (1830), “Ryui Blaz” (1838) va boshqa sheʼriy va dramatik asarlarida davrning dolzarb masalalari aks etgan. “Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi” (1831) tarixiy romani voqealari oʻrta asrda boʻlib oʻtadi, asarda muhabbat fojiasi tasvirlanadi.
1848 yildagi inqilobni olqishlagan. Lui Bonapartning davlat toʻntarishini (1851) qoralagan. Shundan soʻng 18 yil surgunda boʻlib, qator romanlar yozgan. “Pa
kana Napoleon” (1852), “Xoʻrlanganlar” (1862), “Dengiz zahmatkashlari” (1866), “Kulib turuvchi kishi” (1869), “Bir jinoyat tarixi” (1877—78) romanlarini yozib, ularda oddiy fransuzlarning ogʻir hayoti va kurashini tasvirlaydi. Gyugo romanlaridagi buyuk va olijanob insonlar turmushdagi pastkashliklar va illatlarga qarshi kurashishadi. “Dahshatli yil” (1872) sheʼrlar toʻplami fransuz-pruss urushi va Parij Kommunasi (1871) voqealariga bagʻishlangan. Soʻnggi “93-yil” romani (1874)da inqilobga xayrixoxlik bilan qaragan. “Dengiz zahmatkashlari” (1938, 1965), “Xoʻrlanganlar”ning “Kozeta” va “Gavrosh” boʻlimlari (1952, 1955), “Byug Jargal” (1982) Q. Mirmuhamedov, Nurbek, E. Obidov tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan, “Kulib turuvchi kishi” Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1966).


Barcha kitoblar (5)