Robert Luis Stivenson


Mamlakat: Shotlandiya
Tug‘ilgan sanasi: 1850-yil, 13-noyabr
Vafot etgan sanasi: 1894-yil, 3-dekabr
Tarjimai hol

Robert Luis Stivenson (Robert Louis Stevenson, 13 noyabr 1850, Edinburg — 3 dekabr 1894, Upolu, Samoa) — shotlandiyalik yozuvchi va shoir, bir qancha roman va qissalar muallifi.

Dastlab Edinburg akademiyasida, soʻng Edinburg universitetining yuridik fakultetida taʼlim olgan. Uning birinchi kitobi “Pentlande qoʻzgʻoloni” nomi bilan 1866 yili chop etilgan. Uni dunyoga mashhur qilgan asar esa “Xazinalar oroli” (“Treasure Island” 1883) sarguzasht romanidir.

Shundan soʻng yozuvchining “Qirol Otto” (“Prince Otto” 1885), “Oʻgʻirlangan” (“Kidnapped” 1886), “Qora nayza” (“The Black Arrow” 1888), “Ballantre sohibi” (The Master of Ballantrae, 1889), “Katriona” (“Catriona” 1893), “Merosxoʻr”, “Sent-Iv” (“St. Ives”, Stivenso oʻlimidan soʻng A. Kviller Kuch tomonidan tugatilgan, 1897) romanlari dunyo yuzini koʻrdi. Stivensonning soʻnggi romani “Uir Germiston” (“Weir of Hermiston” 1896) tugallanmay qolgan.


Barcha kitoblar (1)