Emili Bronte


Mamlakat: Angliya
Tug‘ilgan sanasi: 1818-yil, 30-iyul
Vafot etgan sanasi: 1848-yil, 19-dekabr
Tarjimai hol

Emili Bronte (Emily Jane Brontë) oʻzining “Balandliklar” romani bilan ingliz adabiyotida oʻziga xos oʻrin tutadi. Shuningdek, shoiraning “Meniki emasdir imonsiz yurak”, “Eʼtiqod”, “Mahbus”, “Koʻhna matonat”, “Xotiralar qoʻshigʻi”, “Soʻzla, sevgilim” va boshqa koʻplab sheʼrlari to hozirgi davrgacha millionlab sheʼriyat ixlosmandlari tomonidan hanuz sevib oʻqib kelinmoqda. Emilining “Ellisa” nomli sheʼrlar toʻplami adabiyotshunoslar tomonidan yuqori baholangan. Shuningdek, uning “Momaqaldiroqlar dovoni” romani ham shuhrat keltirgan. Angliyada bugun ham Emili Brontening sheʼriyatiga boʻlgan ehtiyoj katta. “Xotira” , “Tutqun” va boshqa sheʼrlari Bleyk, Shelli, Bayron sheʼrlari kabi jahon adabiy davralarida eʼtibor bilan tilga olinadi.


Barcha kitoblar (1)