Rustambеk Shamsutdinov


Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: -yil

Tarjimai hol

Tarix fanlari doktori, professor. “Meros” xalqaro ilmiy-amaliy ekspeditsiya jamoat fondi rahbari, “Vodiynoma” jurnali bosh muharriri. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlarini oʻrganish boʻyicha yirik mutaxassis.

Uning “Jertvi repressii”, “Istiqlol yoʻlida shahid ketganlar”, “Tarixning hasratli sahifalari”, “Qatagʻon qurbonlari”, “Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari”, Oʻrta Osiyoda kollektivlashtirish, quloqlashtirish, surgun qilish mavzusi boʻyicha 10 ga yaqin monografik tadqiqotlari, Andijonning qadimgi davrdan hozirgi kungacha boʻlgan tarixi boʻyicha qator asarlari eʼlon qilingan.

R.Shamsutdinov respublika oliy oʻquv yurtlari uchun Oʻzbekiston tarixidan qoʻllanma va darsliklar muallifidir (“Vatan tarixi” 1 - 3-kitoblar).

Temuriylar va boburiylar tarixi borasida “Boburni izlab”, “Buyuk boburiylar saltanati”, “Sohibqiron Amir Temur va uning saltanati”, “Andijonda Sohibqironni xotirlab” kabi asarlari eʼlon qilingan.

Uning ilmiy rahbarligida sakkiz nafar shogirdi tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan. Moskva, Oksford, Anqara, Dushanbe, Yurmala, Boku, Tallin, Lvov, shuningdek, Oʻzbekiston shaharlaridagi xalqaro ilmiy anjumalarda maʼruza qilgan. Shimoliy Karolina (AQSH), Kembrij (Buyuk Britaniya) xalqaro biografik markazlari aʼzosi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1991).


Barcha kitoblar (1)