Dilsora Komil


Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1977-yil

Tarjimai hol

1977-yil dekabrda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida usta duradgor oilasida dunyoga keldi. 1984-1994 yillarda qishloqdagi o‘rta maktabda tahsil oldi. 2014-yili Kanadaning Edmonton shahrida joylashgan Alberta universitetining sotsiologiya va huquqshunoslik fakultetida bakalavr, 2016-yili esa shu universitetning davlatlararo munosabatlar va diplomatiya bo‘limida magistratura ilmiy darajasini oldi.
Magistraturada o‘qib yurgan vaqtlaridayoq Alberta universitetida dars berishni boshladi va Britaniya Kolumbiyasi universitetida doktoranturaga taklif qilindi. 2017-yil iyun oyida sotsiologiya va huquqshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha fan nomzodi ilmiy darajasini oldi, bir necha universitet va davlat mukofotlariga loyiq topildi. Shu kunlarda Britaniya Kolumbiyasi universitetida ta’lim berish bilan birga ilmiy ish olib bormoqda.
Birinchi she’riy to‘plami - «Topmadim Sayyodi Dil» 2007-yili Toshkentda nashr qilingan.


Barcha kitoblar (1)