Uilyam Shekspir


Mamlakat: Angliya
Tug‘ilgan sanasi: 1564-yil, 26-aprel

Tarjimai hol

Shekspir Uilyam (William Shakespeare; 1564.23.4 — Stratfordon-Eyvon — 1616.23.4) — ingliz dramaturgi va shoiri. Taxminan 1585 yilda ona shahrini tark etib, birmuncha fursatdan so‘ng Londonga borgan. Teatr aktyori va dramaturg sifatidagi faoliyati 1580 yildan boshlangan. Shekspirning 1603 yildan keyingi aktyorlik faoliyati to‘g‘risida biror ma’lumot yo‘q. Ammo u o‘zining «Lordkamerger xizmatkorlari» truppasi uchun (mazkur truppa Yakov I ning taxtni egallaganidan keyin qirol truppasi deb atalgan) pesalar yozishda davom etgan. Taxminan 1612 yilda Stratfordga qaytib kelgan va shu yerda vafot etgan. Shekspirning aktyor sifatidagi faoliyati taxminan 15 yil davom etgan. U Angliyaning eng yaxshi hisoblangan truppasida 2-darajali rollarni ijro etgan va shu truppa uchun pesalar yozgan. Shekspirning adabiy merosi she’riyat va dramaturgiya asarlaridan iborat. Yoshlik yillarida mifologik syujet asosida yozgan «Venera va Adonis» (1593) hamda Rim tarixiga oid «Lukretsiya» (1594) dostonlari samimiy kutib olingan. Bu asarlar, ayniqsa, 1592—1600 yillarda yozilgan «Sonetlar» Shekspirning Uyg‘onish davri madaniyati bilan uzviy aloqada maydonga kelganini ko‘rsatdi. Jahon lirikasining buyuk namunalari qatoridan o‘rin olgan Shekspir sonetlari mavzu jihatidan 2 guruhga ajraladi: dastlabki 126 sonet shoirning yaqin do‘stiga bag‘ishlangan bo‘lsa, 127—152-sonetlarda lirik qahramonning bevafolik qilgan mahbubaga nisbatan muhabbat tuyg‘usi va iztiroblari tasvir etilgan. Shekspir yana bir necha dostonlar ham yozgan bo‘lsada, ularning muallifi masalasi hamon bahslidir.


Barcha kitoblar (7)