Xulio Kortasar


Mamlakat: Argentina
Tug‘ilgan sanasi: 1914-yil, 26-avgust
Vafot etgan sanasi: 1984-yil, 12-fevral
Tarjimai hol

“Argentinaning birinchi raqamli adibi” — XX asrning 60-70 yillari jahonning nufuzli tanqidchilari mashhur yozuvchi Xulio Kortasarga shunday taʼrif bergan edilar. Bu baho hozir ham oʻz qimmatini yoʻqotgani yoʻq. Yozuvchining “Imtihon”, “Yutuq” kabi romanlari, “Taʼqibchi”, “Manuyelning kitobi” kabi qissalari, “Boshqa bir osmon”, “Janubiy shosse”, “Avtobus”, “Iblis soʻlagi”, “Istilo qilingan uy” kabi hikoyalari jahon adabiyotiga munosib ulush boʻlib qoʻshildi.Xulio Kortasar (1914-1984) nasrning barcha janrlarida barakali ijod qildi. Aytish mumkinki, mohir hikoyanavis Kortasar hikoya janrida kashfiyot yasay oldi.“Mixlab tashlangan eshik” hikoyasida usta ishbilarmon Petronening kechinmalari orqali insoniy muloqot ehtiyoji his qilinadi. Kortasar tilga olgan eshik ortida eshitilgan yigʻi, goʻdak ham, uni allayotgan ona ovozi ham – bularning bari boshqa bir inson, Petronening tungi “men”i, uning shaxsan yolgʻizligidir; oʻzi yop-yorugʻ kunduz kuni tan olmagan, anglab yetmagan begʻaraz, toza insoniy muloqotga, inson taftiga kuchli ehtiyoj sezishidir.Xulio Kortasarning boshqa hikoyalari kabi “Mixlab tashlangan eshik” hikoyasi ham bizning hikoya janri haqidagi tasavvurimizni boyitadi, olam va odam haqida chuqurroq oʻylashga, fikrlashga undaydi.


Barcha kitoblar (1)