Vasiliy Shukshin


Mamlakat: Rossiya
Tug‘ilgan sanasi: 1929-yil, 25-iyul
Vafot etgan sanasi: 1974-yil, 2-oktabr
Tarjimai hol

Rus yozuvchisi, kinorejissyor, ssenarist. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969).Dastlabki hikoyalar toʻplami — “Qishloq odamlari” (1963). 1964 yilda Shukshin ssenariysi asosida “Shunday yigit yashaydi” filmi suratga olingan va ushbu kartina Venetsiyada boʻlib oʻtgan 16-Xalqaro kinoforumda “Oltin sher” mukofotiga sazovor boʻlgan.Shukshinning “Lyubavinlar” (1965) romani, shu roman asosida ishlangan “Lyubavinlarning tugatilishi” (1972) filmida, Stepan Razin hayoti va uning kurashiga oid “Sizga erkinlik bergani keldim” kinoromanida (1971), “Xarakterlar”, “Sizning oʻgʻlingiz va akangiz” (1966), “Gʻaroyib kishilar” kabi kartinalarida insonning teran ichki kechinmalari, orzu va umid sari talpinishlari, baʼzi bir kimsalarda uchraydigan meshchanlik falsafasining fojiaga olib kelishi mahorat bilan tasvirlangan.Shukshinning adabiyot va kino sohasidagi faoliyatida turli toifa kishilarining yorqin obrazlari yaratilgan. Shukshinning badiiy adabiyot va kinodagi uslubi ishontirish sanʼatining kuchi bilan chuqur hayotiylik kasb eta olgan.Shukshin S. Gerasimovning “Koʻl boʻyida” filmidagi Chernix rolining ijrosi uchun Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1971). “Ular Vatan uchun jang qildilar” filmini suratga olish chogʻida toʻsatdan vafot etgan.Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.


Barcha kitoblar (1)