Stiven King


Mamlakat: AQSH
Tug‘ilgan sanasi: 1947-yil, 21-sentabr

Tarjimai hol

Stiven Edvin King 1947-yilning 21-sentyabrida Men shtatining Portlend shahrida tugʻilgan. Otasi uni ikki yoshligida tashlab ketgan. Stiven va uning akasi Devidni onasi tarbiyalaydi.Stiven yozishni boshlaganida yetti yoshda edi. 1959 yilda u akasi bilan gazeta chiqara boshlaydi. Daves Rag deb nomlangan bu gazetani ular 5 sentdan sotishadi.1963 yilda u doʻsti Kris Chesli bilan “Odamlar, joylar va maxluqlar” deb nomlangan 18 ta hikoyadan iborat kitobni nashr etishadi. Bir yildan soʻng kitobning ikkinchi qismi chop etiladi.1971 yilda u Kerri ismli qiz haqida roman yozishni boshlaydi. Bir necha sahifa yozgach, u roman yaxshi chiqmadi degan oʻyda sahifalarni axlat qutisiga uloqtiradi. Kingning xotini Tabita bu sahifalarni oʻqib koʻradi va eriga romanni davom ettirishni aytadi. U rozi boʻladi va 1973 yilda “Kerri”ni nashriyotga joʻnatadi.1974 yilda kitob chop etiladi va King 200 ming dollar gonorar oladi.Stiven Kingning quyidagi kitoblari ekranlashtirilgan: “Kerri”, “Oʻlik hudud”, “Nur”, “Kristina”, “Kujo”, “Uy hayvonlari qabristoni”, “Uyquda yuruvchilar”, “Boʻri-odam davri”.Triller janrida ijod qiluvchi Stiven Kingni Dahshatlar qiroli deb atashadi. Kingning boyligi 40 million dollarni tashkil etadi va u dunyoning eng boy yozuvchilari qatoriga kiradi.


Barcha kitoblar (1)