Sodiq Hidoyat


Mamlakat: Eron
Tug‘ilgan sanasi: 1903-yil, 17-fevral
Vafot etgan sanasi: 1951-yil, 9-aprel
Tarjimai hol

Sodiq Hidoyat (صادق هدایت; 17 fevral 1903, Tehron — 9 aprel 1951, Parij) — eron yozuvchisi, filolog va jamoat arbobi. Tehrondagi oʻquv yurtida, Belgiya va Fransiyada (1926—1930) taʼlim olgan. Xorij adabiyoti, Eron tarixi va folklorini oʻrgangan. E.Po, Gogol, Mopassan, Chexov, Rilke, Kafka ijodini mukammal oʻrgangan. Oʻrta asrlar fors xalq ogʻzaki ijodi namunalarini zamonaviy tilga tarjima qilgan, fransuz tilidagi asarlarni forschaga tarjima qilgan.
1950 yili Parijga ketgan. Qatagʻon paytida qoʻlyozma asarlarini yoʻq qilgan va oʻz joniga qasd qilgan. Sodiq Hidoyatning asarlari dunyoning koʻpgina tillariga tarjima qilingan.“Tirik koʻmilganlar” (1930), “Uch qatra qon” (1932), “Yorugʻlik soyasi” (1933) “Alaviyya xonim” (1933), “Koʻr boyqush” (1937), “Boshpanasiz it” (1942), “Gʻiybatlar” (1944), “Hoji ogʻa” (1945), “Ertaga” (1946) hikoyalar toʻplami va qissalari, “Sosonning qizi Parvin”, “Olamning yaralishi afsonasi” pyesalari, “Umar Xayyom ruboiyoti” (1923), “Inson va hayvon” (1924), “Oʻlim” (1927), “Eron sheʼriyatida yangi oqimlar” (1941), “Kafka nomasi” (1948), “Yevropada Islom missiyasi” esselari mashhur.


Barcha kitoblar (1)