Roziya Tujjor


Mamlakat: Eron
Tug‘ilgan sanasi: 1947-yil

Tarjimai hol

Roziya Tujjor 1947 yilda Tehron shahrida dunyoga kelgan. Uning bolalik davri Tehron shahrining mahallalaridan birida oʻtdi. Oʻrta maktabni tugatgach, universitetning psixologiya fakultetida tahsil oladi. 1985 yildan boshlab hikoyanavislik bilan shugʻullana boshlaydi. Uning ilk hikoyalar toʻplami “Hikoya taqvimi toʻgʻrisida sura” nomi bilan bosilib chiqqan. Bugungacha adibaning bir nechta asari kitobxonlar hukmiga havola etilgan. Jumladan, “Oynali ayol”, “Yetti tugun”, “Nargislar”, “Ildizlarga sayohat”, “Ishqdagi shuʼla”, “Sabr toshi”, “Akatsiya koʻchasi”, “Xayrli tun”, “Shuʼla va tun” kabi badiiy asarlar yozuvchining ijodida alohida oʻrin tutadi. Adibaning hikoyalari insonning ichki dunyosiga qilingan safarning bayonidan iboratdir.Roziya Tujjor bir necha yillardan buyon uch oylik “Nasriy adabiyot” jurnali tahrir hayʼatining aʼzosi. Shuningdek, u Eron “Qalam” jamiyatining taʼsischilaridan va boshqaruv kengashining aʼzolaridan biri ham hisoblanadi.


Barcha kitoblar (1)