Robert Shekli


Mamlakat: AQSH
Tug‘ilgan sanasi: 1928-yil, 17-iyul
Vafot etgan sanasi: 2005-yil, 9-dekabr
Tarjimai hol

Robert Shekli (Robert Sheckley) Nyu-Yorkda tugʻilgan. Nyu-York universitetini bitirgan. 1951 yildan professional yozuvchilik faoliyatini boshlagan. Birinchi asari 1952 yili “Soʻnggi tekshiruv” nomi bilan chop etilgan. 70-yillar oxirida “Omni” jurnalining nasr boʻlimi muharriri boʻlib ishlagan. Uning asarlari asosan hajviy va fantastik hikoyalardan iborat. “Inson qoʻli bilan ushlanmagan” (1952), “Fikr hidi” (1953), “Mutaxassis” (1953), “Forma” (1953) “Qayiqlar qoʻzgʻoloni” (1955), “Mening oʻxshashim — robot” (1973), “Robot Reks”, “Qush-qorovul” (1953) “Vaqt oʻgʻrisi” (1952), “Jang” (1954) “Shayton” (1953), “Buxgalter” (1953), “Ideal ayol” (1954), “Yer ziyorati” (1956), “Sevgi tili” (1957) kabi asarlari mashhur.


Barcha kitoblar (1)