Najib Mahfuz


Mamlakat: Misr
Tug‘ilgan sanasi: 1911-yil, 11-dekabr
Vafot etgan sanasi: 2006-yil, 30-avgust
Tarjimai hol

Arab yozuvchisi (Misr). Qohira universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1934). “Bemaʼni shivirshivir” (1936) novellalar toʻplami jamiyatdagi boylik va qashshoqlik oʻrtasidagi ziddiyat haqida.Romantik-tarixiy romanlarini (“Taqdir oʻyini”, 1939; “Radobis”, 1943; “Fiv kurashi”, 1944) yozgach, Najib Mahfuz yana ijtimoiy mavzuga murojaat qilgan. “Yangi Qohira” (1945) romanida 2-jahon urushidan avvalgi Misr yoshlarining hayoti aks ettirilgan. “Xon al-Xaliliy” (1946), “Midak tor koʻchasi” (1947), “Avvali va nihoyasi” (1949) romanlarida 1919 yildagi inglizlarga qarshi qoʻzgʻolondan 2-jahon urushi tugaguncha boʻlgan davrdagi Misr jamiyati turli tabaqalari hayoti panoramasi chizilgan.Najib Mahfuzning 1956—57 yillarda nashr etilgan, eski Qohiraning dahalari nomi bilan atalgan mashhur romanlari — “Bayn alkasrayn”, “Kasr ash-Shouk” va “as-Sukkariya” 20-asrning 1-yarmidagi Misr oilalari hayoti haqida.“Nil ustidagi safsata” va “Miramor pansionat” (1966), “Yomgʻir ostidagi sevgi” (1975) romanlarida Misrdagi 1952 yildagi inqilob va undan keyin yuzaga kelgan muammolar tasvirlangan.“Oʻgʻri va it” (1961) romani hamda “Ilohiy dunyo” (1963), “Badnom xonadon” (1965), “Qora mushuk qovoqxonasi” (1968), “Shiypon ostida” (1969) novellalar toʻplamlari muallifi.Najib Mahfuzning koʻpgina asarlari ekranlashtirilgan yoki sahnalashtirilgan. Asarlaridan parchalar oʻzbek tilida eʼlon qilingan.Nobel mukofoti laureati (1988).


Barcha kitoblar (1)