Milorad Pavich


Mamlakat: Serbiya
Tug‘ilgan sanasi: 1929-yil, 15-oktabr
Vafot etgan sanasi: 2009-yil, 30-noyabr
Tarjimai hol

Serb yozuvchisi Milorad Pavich dunyoning eng koʻp oʻqilayotgan yozuvchilaridandir. Yozuvchining “Xazar lugʻati” roman-lugʻati unga mislsiz shon-shuhrat keltirdi. “Choy bilan chizilgan manzara”1988), “Shamolning ichki qiyofasi” 1991), “Konstantinopoldagi soʻnggi muhabbat”, “Bashorat qoʻllanmasi” (1994) romanlari adabiyot olamida koʻp shov-shuvlarga sabab boʻldi.

Sirlilik, aniqlik va afsungarlik oʻrtasiga qurilgan koʻprik, tubsizlik ustida qad rostlagan “aql va ruh binolari” oʻquvchini oʻziga tortadi. Har bir predmet yoki voqelikni, umuman boshqa, teskari, ming-minglab boʻlaklarga boʻlib koʻrishga, his qilishga oʻrgatadi. Adibning nasriy asarlaridagi oʻlchamsizlik, tilining fantaziya va yumorga boyligi, qochirimli “oʻyinlar” tuygʻularingizga taʼsir oʻtkazmasdan qolmaydi.

Milorad Pavich serb adabiyoti tarixi boʻyicha mutaxassis. Bayron va Pushkin asarlarini serb tiliga tarjima qilgan. Parij, Vena, Frayburg, Regensburg, Belgrad kabi Yevropaning nufuzli universitetlarida dars bergan. Asarlari dunyoning 80 dan ortiq tiliga tarjima qilingan.


Barcha kitoblar (1)