Teodor Drayzer


Mamlakat: AQSH
Tug‘ilgan sanasi: 1871-yil, 27-avgust
Vafot etgan sanasi: 1945-yil, 28-dekabr
Tarjimai hol

Teodor German Albert Drayzer (Dreiser) (1871.27.8, Terre-Xot — 1945.28.12, Gollivud) — Amerika yozuvchisi va jamoat arbobi. “Chikago deyli nyus” (“Chicago Daily News”) gazetasi muharriri (1892). Birinchi yirik asari “Baxti qaro Kerri” (1900) va “Jenni Gerxardt” (1911) romanlarida oddiy qizlar taqdiridagi ijtimoiy-axloqiy masalalar tasvirlangan.

“Istak trilogiyasi” (“Moliyachi”, 1912; “Titan”, 1914; “Matonat” 1947) yulgʻichlikning foydasizligini tushunib yetgan moliyachi haqida. “Daho” (1915) va “Amerika fojiasi” (1925) romanlarida pulning sanʼat ustidan fojiali hukmronligi va qanday yoʻl bilan boʻlmasin, ijtimoiy “yutuqqa” erishishga intilgan “oʻrta hol” yigitning maʼnaviy halokati hikoya qilinadi. “Tayanch” (1946) romani, “Yigirma erkak” (1919), “Katta shahar ranglari” (1923), “Zanjirlar” (1927) “Ayollar galereyasi” (1929) novellalari, “Baraban qoq!” (1920), “Fojiaviy Amerika” (1931) va boshqa publitsistik toʻplamlari nashr etilgan.

Drayzer Amsterdamda oʻtkazilgan tinchlik va madaniyatni saqlash boʻyicha kongress tashkilotchilaridan biri (1932). Drayzer oʻz ijodida realizm bilan naturalizm tamoyillarini birlashtirgan. “Baxti qaro Kerri” (1973), “Amerika fojiasi” (1976), “Jenni Gerxardt” (1982) romanlari oʻzbek tilida nashr qilingan.


Barcha kitoblar (1)