O’Genri


Mamlakat: AQSH
Tug‘ilgan sanasi: 1862-yil, 11-sentabr
Vafot etgan sanasi: 1910-yil, 5-iyun
Tarjimai hol

Asl nomi Uilyam Sidni Porter boʻlgan amerikalik yozuvchi. Aptekachi, sotuvchi, kitob bezakchisi, noshir va boshqa kasblarda ishlagan; asar, feletonlar yozishni mashq qilgan (1896 yilgacha), qamoqdaligida (1897—1901) yozgan hikoyalarini OʻGenri taxallusi bilan yashirin chop ettirgan.1904—10 yillarda 9 novellalar toʻplami (“Yonayotgan sham”, “Gʻarb qalbi”, “Yoqimtoy oʻgʻri” va b.), vafotidan keyin yana 7 tasi bosilib chiqqan. “Qirollar va karam” (1904) romani sarguzasht-yumoristik novellalardan tashkil topgan.

OʻGenri amerika hikoyachiligining oʻziga xos tipini yaratdi. Yumorning kuchliligi, kinoya, qiyos, parodiya kabi usullarning koʻp ishlatilganligi, eng muhimi, muallifning oddiy mehnatkash — “kichik inson”ga samimiy muhabbati, olijanoblik va sofdillikni madh etish va boshqa OʻGenri hikoyalariga olamshumul shuhrat keltirdi (“Toʻrt million”, 1909).Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Gʻ. Gʻulom (“Mening oʻgʻrigina bolam”), A. Qahhor (“Anor”) va boshqa oʻzbek hikoyachiligini OʻGenri ijodining ilgʻor tomonlari bilan boyitdilar.


Barcha kitoblar (1)