Jan-Pol Sartr


Mamlakat: Fransiya
Tug‘ilgan sanasi: 1905-yil, 21-iyun
Vafot etgan sanasi: 1980-yil, 15-aprel
Tarjimai hol

Fransuz yozuvchisi, faylasuf va publitsist. Fransuz ekzistentsializmi namoyandasi.1941—44 yillarda Fransiya Qarshilik koʻrsatish harakatida qatnashgan. Sartrning siyosiy-mafkuraviy qarashlaridagi ziddiyat va oʻzgarishlar uning “Holatlar” nomli 9 ta kitobida koʻrsatilgan.1952 yil tinchlik tarafdorlarining harakatiga qoʻshilib, kolonial tuzum va irqchilikka qarshi maʼruzalar oʻqigan. Sotsialistik mamlakatlarni qoʻllab-quvvatlagan. 1952 yil Vengriya voqealaridan soʻng Sartrning Sovet davlati va umuman sotsialistik mamlakatlarga boʻlgan munosabati keskin oʻzgargan.Oʻzining nafosat va adabiyotga bagʻishlangan “Adabiyot nima” (1947), “Bodler” (1947), “Avliyo Jene, masxaraboz va jafokash” (1952) kabi asarlarida Sartr oz-moz boʻrttirib boʻlsa ham, yozuvchining hozirgi zamon tarixida roʻy berayotgan barcha hodisalar uchun javobgar ekanligini qatʼiy taʼkidlab oʻtgan.“Koʻngil aynash” (1938), “Devor” (1939), “Ozodlik yoʻllari” (1945—49), “Yopiq eshik ortida” (1945), “Iblis va Xudo” (1951), “Altona mahbuslari” (1960) kabi asarlarida falsafiy fikrlarini hayotiy tajriba bilan, afsonani jurnalistlarga xos boʻlgan realistik qarashlar bilan birlashtirishga harakat qilgan.Sartrning ijodi Fransiya va boshqa mamlakatlarning maʼnaviy hayotiga oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Nobel mukofoti laureati (1964).


Barcha kitoblar (1)