Ivan Bunin


Mamlakat: Rossiya
Tug‘ilgan sanasi: 1870-yil, 22-oktabr
Vafot etgan sanasi: 1953-yil, 8-noyabr
Tarjimai hol

Rus shoiri va yozuvchisi. Peterburg Fanlar Akademiyasi faxriy akademigi (1909). 1920 yildan emigratsiyada. Poyeziyada rus mumtoz sheʼriyati anʼanalarining davomchisi (“Xazonrezgi”, toʻplam, 1901).Hikoya va povestlarida (koʻpincha oʻtmishni qoʻmsash kayfiyatiga berilgan holda) dvoryanlar xonadonining qashshoqlashuvi (“Antonov olmalari”, 1900), qishloqning ogʻir qismati (“Qishloq”, 1910; “Qaqragan vodiy”, 1911), turmush maʼnaviy asoslarini unutishga mahkumlik fojiasi (“Sanfransiskolik janob”, 1915) yaqqol tasvirlangan.Kundalik tarzidagi “Badbaxt kunlar” (1918 y., 1925 y.da nashr etilgan)da Oktyabr toʻntarishi keskin rad etilgan; Rossiyaning oʻtmishini tiklash, adibning oʻz bolalik va yoshligiga qaytish kayfiyatlari aks etgan.Sevgi haqidagi hikoyalarida (“Mityaning sevgisi”, 1925); “Qorongʻi xiyobonlar” (1943) kitobida insoniyat taqairining fojiaviyligi qalamga olingan. Bunin memuarlar yozgan. G. Longfelloning “Gayavata haqida qoʻshiq” (1896) asarini tarjima qilgan.Nobel mukofoti laureati (1933).


Barcha kitoblar (2)