Gi de Mopassan


Mamlakat: Fransiya
Tug‘ilgan sanasi: 1850-yil, 5-noyabr
Vafot etgan sanasi: 1893-yil, 6-iyul
Tarjimai hol

Fransuz yozuvchisi. Adabiyotga 1880 yilda sheʼrlar toʻplami va “Doʻndiq” novellasi bilan kirib kelgan. U 6 roman, 18 hikoyalar toʻplami, ocherk va pesalar, koʻplab maqolalar va boshqa asarlar muallifi.Mopassan maʼnaviy qashshoq, munofiq kishilar obrazining butun bir silsilasini yaratgan (“Javohirot”, “Oila bagʻrida”, “Vasiyatnoma” “Bochkacha”, “Iblis” va b.). Uning “Daydi”, “Shkaf”, “Gadoy” kabi novellalarida turmush qaʼriga uloqtirilgan notavonlar hayoti tasvirlangan. Muhabbatni mol-dunyodan iborat deb biluvchi, shu bois har qadamda oʻzini sotishga tayyor ayollar obrazi “Ivetta”, “Haqqoniy tarix” va boshqa asarlarida mahorat bilan chizilgan.

Mopassan sof muhabbat (“Oy yogʻdusi”, “Baxt”)ni kuylaydi va maʼnaviy yuksak oddiy kishilarni qadrlaydi (“Simon ota”, “Marten qizalogʻi”), vatanparvar va jasoratli insonlarni tarannum etadi (“Doʻndiq”, “Madmuazel Fifi”, “Milon amaki”).Uning “Hayot” (1883), “Azizim” (1885), “Mont-Oriol” (1886), “Per va Jan” (1887—88) kabi romanlarida umumbashariy mavzular, mansabparastlar qismati, boylik orttirishga xuruj qilish yuksak mahorat bilan tasvirlab berilgan. “Oʻlimdek kuchli” (1889), “Bizning qalb” (1890) romanlarida esa psixologik ruh kuchli.“Hayot”, “Azizim” romanlari (Ibrohim Gʻafurov tarjimasi) va bir qancha hikoyalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.


Barcha kitoblar (1)