Xorxe Luis Borxes


Mamlakat: Argentina
Tug‘ilgan sanasi: 1899-yil, 24-avgust
Vafot etgan sanasi: 1986-yil, 14-iyun
Tarjimai hol

Xorxe Luis Borxes (Jorge Luis Borges) – argentinalik mashhur yozuvchi, shoir, ajabiy tanqidchi. Oʻzining ruhiy va falsafiy novellarai bilan mashhur. Lotin Amerikasining eng mashhur yozuvchilaridan biri.Xorxe Luis Borxes Buenos-Ayresda tugʻilgan, oʻsmirligi Yevropada oʻtgan, shu yerda taʼlim olgan. 1920-yillarda oʻz yurtiga qaytgan adib dastlab shoir sifatida mashhur boʻladi.

1955-yildan milliy kutubxona direktori boʻlib ishlaydi. Koʻzi koʻrmay qolgach, 1973 yili ishdan boʻshaydi. Bir qancha milliy adabiy mukofotlar sohibi; Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniyaning oliy mukofotlari sovrindori; Sorbonna, Oksford, Kolumbiya (Nyu-York) universitetlarining faxriy doktori.

Kitoblari: “Buenos-Ayres jaziramasi” (Fervor de Buenos Aires, 1923), “Qarshi tomondagi oy” (Luna de enfrente, 1925), “Tekshiruv” (Inquisiciones, 1925), “Mening umidimdagi hajmlar” (El tamaño de mi esperanza, 1926), “Argentinaliklar tili” (El idioma de los argentines, 1928), “San-Martin maydoni daftari” (Cuaderno San Martín, 1929), “Evaristo Karryego” (Evaristo Carriego (1930), “Muhokama” (Discusión, 1932), “Sharmandalikning umumiy tarixi” (Historia universal de la infamia, 1935), “Mangulik tarixi” (Historia de la eternidad, 1936), “Toʻqimalar” (Ficciones, 1944), “Kashfiyot” (Artificios, 1944), “Alef” (El Aleph, 1949), “Yangi tekshiruvlar” (Otras inquisiciones, 1952), “Bajaruvchi” (El Hacedor, 1960), “Boshqa, xuddi oʻzi” (El otro, el mismo, 1964), “Soya maqtovi” (Elogio de la sombra, 1969), “Broudining xabari” (El informe de Brodie, 1970), “Yoʻlbarslar oltini” (El oro de los tigres, 1972), “Qum kitobi” (El libro de arena, 1975), “Koʻngildagi atirgul” (La rosa profunda, 1975), “Temir tanga” (La moneda de hierro, 1976), “Tun ertagi” (Historia de la noche, 1977), “Yetti kecha” (Siete noches, 1980), “Sirli xat” (La cifra, 1981), “Dante haqida toʻqqiz esse” (Nueve ensayos dantescos, 1982), “Shekspir xotirasi” (La memoria de Shakespeare, 1983), “Atlas” (Atlas, 1984), “Fitnachilar” (Los conjurados, 1985).


Barcha kitoblar (2)