Charlz Dikkеns


Mamlakat: Angliya
Tug‘ilgan sanasi: 1812-yil, 7-fevral
Vafot etgan sanasi: 1870-yil, 9-iyun
Tarjimai hol

Charlz Dikkеns (1812.7.2, Lendport — 1870.9.6, Xeydsxill) — ingliz yozuvchisi. Adabiy faoliyati 1833-yilda boshlangan. Mehnatkash xalqning ogir ahvoli Dikkеns asarlarining bosh mavzusi boʻlgan. Dikkеns tanqidiy realizm uslubining asoschilaridan hisoblanadi. Hajviy-sentimental ruhda yozilgan “Pikvik klubining oʻlimidan keyingi yozishmalari” (1837), “Oliver Tvistning sarguzashtlari” (1838), “Nikolas Niklbi” (1839) romanlari Dikkеnsni dunyoga mashhur qildi. 19-asr 40—50-yillari Dikkеns ijodi gullagan davr boʻldi. “Martin Chezlvit” (1844) romanida Amerika voqeligidagi salbiy tomonlar tasvirlangan. “Dombi va oʻgʻli” (1848) romanida insonlik qiyofasini yoʻqotgan, manmansiragan ingliz boyvachchalari hajv tigʻi ostiga olingan. Tarjimai hol yoʻsinidagi “David Kopperfild” (1850) romanida esa oʻsha zamonning ijtimoiy ziddiyatlari koʻrsatilgan. Dikkеns asarlarida, umuman oddiy kishilar qiyofasi zoʻr mahorat bilan aks etadi. 1848-yili Angliyada chartistlar (yoʻqsullar) harakati magʻlubiyatga uchragan davrda Dikkеns dolzarb ijtimoiy muammolarni kalamga oldi (“Sovuq uy”, 1853; “Mashaqqatli zamon”, 1854; “Jajji Dorrit”, 1857 va b.). Bular orasida, ayniqsa, “Mashaqqatli zamon” romani alohida ahamiyatga ega.

“Ikki shaharcha toʻgʻrisida qissa” (1859), “Intizorlik” (1861), “Bizning umumiy doʻstimiz” (1865) kabi romanlarida esa Dikkеns jamiyatni ijtimoiy inqirozdan olib chiqish yoʻllarini badiiy vositalar yordamida tasvirlaydi.

“Oliver Tvistning sarguzashtlari” romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1984).


Barcha kitoblar (1)