Dilrabo Baxronova


Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1973-yil

Tarjimai hol

Baxronova Dilrabo Keldiyorovna — Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
U 1973-yilda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 1995-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. 2015-2017-yillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranturasi ilmiy xodim-izlanuvchisi bo‘lgan. Ilmiy ishlari tilshunoslik nazariyasi, lingvokulturologiya, kognitivistika va tarjimashunoslik masalalariga bag‘ishlangan.
Baxronova Dilrabo Keldiyorovna ispan tili va adabiyoti, o‘zbek tilshunosligi, tilshunoslik nazariyasi, tarjimashunoslik bo‘yicha O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yetakchi mutaxassislaridan. U 1 o‘quv qo‘llanma, 2 elektron o‘quv qo‘llanma muallifi. Shuningdek, uning ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 40 dan ortiq ilmiy maqolalari mamlakatimiz va Ispaniya, Rossiya, Avstriya, Turkiya kabi xorijiy davlatlar ilmiy jurnallarida chop etilgan. D.Baxronova tuzgan “Ispancha ˗ o‘zbekcha lug‘at”dan ta’lim muassasalarida foydalanib kelinmoqda.
D. Baxronova 2011-yildan Yevropa Ittifoqi ispan tili o‘qituvchilari (AERE) jamiyati a’zosi, Ispaniyada bo‘lib o‘tgan xalqaro konferentsiyalarda 3 marotaba ilmiy tadqiqoti yuzasidan bevosita ma’ruza qilgan va 2014-yilda Kastilla La Mancha universitetida malaka oshirgan.


Barcha kitoblar (1)